Tramp ma’muriyati TikTok kelishuvidan katta ulush olishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati TikTok’ning Amerika bo‘linmasi ustidan nazoratni investorlar guruhiga o‘tkazish bo‘yicha vositachilik qilgani uchun 10 milliard dollargacha mukofot olishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, TikTok’ning AQSHdagi biznesi investorlari mashhur ilovani Amerika bozorida saqlab qolish evaziga AQSH hukumatiga bir necha ko‘p milliardli to‘lovlarni amalga oshirishga rozi bo‘lgan.

Investorlar tarkibiga bulutli hisoblashlarga ixtisoslashgan Oracle kompaniyasi, Silver Lake xususiy investitsiya kompaniyasi va Abu-Dabidagi MGX investori kirgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, ma’muriyatga xayrixoh bo‘lgan ushbu investorlar TikTok’ning Amerika bo‘linmasini Xitoyning ByteDance bosh kompaniyasidan qabul qilib olgan.

Qayd etilishicha, yanvar oyida kelishuv yakunlangach, AQSH Moliya vazirligiga taxminan 2,5 milliard dollar o‘tkazib bo‘lingan. Kelgusida umumiy summani 10 milliard dollarga yetkazish uchun yana bir necha to‘lovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, AQSH hukumati uchun bunday miqyosdagi to‘lov deyarli misli ko‘rilmagan holat bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TikTok ijtimoy tarmog‘i Yevropa Ittifoqida foydalanuvchilarning yoshini aniqlash bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaqin vaqt ichida joriy etishni boshlashi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing