Tramp Meloni bilan do‘stligi tugaganini e’lon qildi
Olam
−
20 iyun 5508 2 daqiqa
Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni o‘zining siyosiy reytingini tiklash maqsadida AQSH bilan qayta yaqinlasha olmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp G7 sammitidagi umumiy fotosurat atrofidagi kelishmovchiliklar fonida o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Uning Italiyadagi mashhurligi pasayib bormoqda, ehtimol bunga u Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi yoki uni ishlab chiqishining oldini olish masalasida AQSHga – Italiyani chin dildan yaxshi ko‘radigan va himoya qiladigan davlatga rad javobini bergani sababdir (aytgancha, XATO [NATO]ga ham!)... Endi esa, AQSHning Eron ustidan qozongan harbiy g‘alabasidan keyin u o‘z “ko‘rsatkichlarini ko‘tarish” uchun yana do‘stlashmoqchi. Yo‘q, rahmat!” deb yozdi Prezident.
Tramp Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida Meloni go‘yoki undan bir necha bor birga suratga tushishni iltimos qilganini yana bir bor eslatib o‘tgan. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH tomonidan Italiya va boshqa “NATOdagi soxta ittifoqchilar” mudofaasiga milliardlab mablag‘ tikilganiga qaramay, Meloni AQSHning Erondagi harbiy operatsiyasi vaqtida Italiya uchish-qo‘nish yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Italiyaning “La7” telekanaliga bergan intervyusida Meloni undan birga suratga tushishni “yolvorib so‘raganini” va u faqat rahmi kelganidan rozi bo‘lganini da’vo qilgan edi. Italiya hukumatining rahbari bu so‘zlarni “mutlaqo uydirma” deb atadi va “na u, na Italiya” hech qachon hech kimga yolvormasligini bayon qildi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar fonida ikki davlat vakillari o‘rtasidagi oliy darajadagi bir nechta uchrashuvlar bekor qilindi.
Live
Barchasi