Trampni quruq qaytargan Si Putin bilan 47 sahifali hujjat imzolamoqchi
Olam
−
18 may 5066 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga tashrifi chog‘ida tomonlar yirik hujjatlar paketini, jumladan, 47 sahifali qo‘shma bayonotni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va XXR Raisi Si Szinpin Xitoydagi uchrashuv davomida mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolaydi. Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, gap hajmi 47 sahifadan iborat “anchagina salmoqli” hujjat haqida bormoqda.
Ushakovning aniqlik kiritishicha, ushbu hujjat dasturiy xarakterga ega bo‘lib, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Bundan tashqari, tomonlar ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Vladimir Putinning Xitoyga tashrifi joriy yilning 19-20 may kunlari bo‘lib o‘tadi va ikki mamlakat o‘rtasidagi Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning 25 yilligiga bag‘ishlanadi.
Safar yakunlari bo‘yicha Moskva va Pekin 40 ga yaqin ikki tomonlama hujjatlarni imzolash niyatida.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidentining Xitoyga bundan avvalgi tashrifi 2025 yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Putin Pekinda Yaponiya taslim bo‘lganidan keyin Ikkinchi jahon urushi tugashining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etgan hamda Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoyga borgani, biroq u Pekinni na savdo, na Eron masalasida jiddiy natijalarga erishmasdan tark etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi