Trampning imzosi 100 dollarlik banknotalarda paydo bo‘ladi
Olam
−
27 mart 2884 1 daqiqa
AQSH Moliya vazirligi mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan dollar banknotalariga Prezident Donald Trampning imzosini joylashtirishga qaror qildi – bu amaldagi davlat rahbari uchun birinchi holat. Bu haqda vazirlikka tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi imzo tushirilgan dastlabki 100 dollarlik kupyuralar joriy yilning iyun oyida bosib chiqarila boshlanadi, keyinchalik bu o‘zgarish boshqa banknotalarga ham tatbiq etiladi. Shu bilan birga, 165 yil ichida birinchi marta AQSH g‘aznachisining imzosi olib tashlanadi, pulning qolgan dizayni esa o‘zgarishsiz qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp tomonidan tayinlangan AQSH San’at ishlari bo‘yicha federal komissiyasi mamlakatning 250 yilligiga bag‘ishlangan, uning tasviri tushirilgan estalik oltin tangasini chiqarishni ma’qullagandi. 24 karatli oltindan yasalgan ushbu tanga kolleksiya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muomala uchun chiqarilmaydi.
Ushbu qaror demokratlar tomonidan tanqidlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, senator Jeff Merkli monarxlar va diktatorlar o‘z suratlarini tangalarga joylashtirishini ta’kidladi. Biroq tarixan amaldagi prezidentlarning tasvirlari estalik tangalarida avval ham uchrab turgan.
Live
Barchasi28 mart
28 mart