Turkiya osmonida Eron ballistik raketasi urib tushirildi
Olam
−
17:30 8107 1 daqiqa
Yaqin Sharqdagi mojaro boshlanganidan buyon ilk bor Turkiya osmonida Erondan uchirilgan deb taxmin qilinayotgan ballistik raketa yo‘q qilindi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Sharqiy O‘rta yer dengizida joylashgan NATOning havo va raketaga qarshi mudofaa kuchlari Erondan uchirilgan, Iroq va Suriya havo hududi orqali uchib o‘tgan va Turkiya tomon yo‘nalgan raketani darhol aniqlab, zararsizlantirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hatay viloyatining Dortyol tumaniga raketaga qarshi mudofaa tizimi parchalari tushgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Turkiya Mudofaa vazirligi mamlakat har qanday harakatga javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirgan. Shuningdek, Anqara NATO va boshqa ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi rahbariyatiga qarshi navbatdagi zarba berilganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi