Turkiyada dengiz suvi g‘ayrioddiy rangga kirdi

Olam

image

Kecha, 30 may kuni Turkiyaning Giresun viloyati qirg‘og‘ida Qora dengiz suvi kuchli yomg‘irdan so‘ng qo‘ng‘ir tusga kirdi. Bu haqda mahalliy “Habertürk” telekanali xabar berdi.

Telekanal saytida sohilbo‘yi hududi va rangi o‘zgargan dengiz suvining dron yordamida havodan olingan suratlari e’lon qilindi. Xabarda aytilishicha, jala quyishi oqibatida yuvilib ketgan loyqa tuproq aralashmasi bo‘lgan xira suv dengizga shu atrofdan oqib o‘tuvchi Aksu va Batlama soylari orqali borib qo‘shilgan.

Qayd etilishicha, Giresunda kuchli yomg‘irlardan keyin dengiz rangining o‘zgarishi yer relefi va tuproq tuzilishi sababli odatiy hol hisoblanadi.

“Jigarrang suvning Qora dengizning tabiiy rangi bilan birlashadigan chegaralarida yaqqol chiziq hosil bo‘ldi. Bu tasvirlar kuchli yomg‘ir nafaqat shahar markazida, balki soy o‘zanlari va dengiz qirg‘oqlarida ham sezilarli oqibatlarga olib kelganini ko‘rsatdi. Ayniqsa, balandliklardan kelgan yomg‘ir suvlari oqizib kelgan loyqa sohil bo‘yidagi rang o‘zgarishining asosiy sababi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Giresun – Turkiya shimoli-sharqida, Qora dengiz sohilida joylashgan shahar. Sayyohlar, ayniqsa, xorijlik turistlar uchun u yer mashhur kurort hisoblanmaydi. Shahardagi plyajlar va infratuzilma Antalya yoki Alanya kabi odatiy O‘rta dengiz yo‘nalishlaridan sezilarli darajada orqada. Sayyohlarning asosiy oqimini mahalliy aholi hamda shinam plyaj ta’tilini emas, balki o‘ziga xos atmosferaga ega joylarni izlab yuruvchi mustaqil sayohatchilar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning Bogor ma’muriy hududiga qarashli Jonggol shahri osmonida kamalaksimon bulut paydo bo‘lib, mo‘jizaviy hodisa kuzatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya dengiz g'ayrioddiy rang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing