Turkmanlar muddati o‘tgan oziq-ovqat va dorilarni sotib olishga majbur bo‘lmoqda 

Olam

image

Turkmaniston fuqarolarining aksari daromadining pastligi va bozorlardagi yuqori narx tufayli muddati o‘tgan oziq-ovqat va dori-darmonlarni xarid qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda "TurkmenNews" xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat nafaqat Turkmaniston viloyatlarida, balki mamlakat poytaxti – Ashxobodda ham kuzatilmoqda.

Nashrning yozishicha, ba’zida yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni do‘konlarda davlat narxida sotilayotgan tovarlarga qo‘shib sotishadi. Biroq, manbalarga ko‘ra, turkmanlarning o‘zlari ham muddati o‘tgan mahsulotlarni faol sotib olishmoqda. Ayniqsa bu borada import qilinadigan oziq-ovqatlar – shokolad, vafli, pechene, baliq konservalari, choy haqida bormoqda.

Turkmanistonliklarning fikricha, bu mahsulotlarning sifati turlicha. Misol uchun, pechenelar eskirganligi aniq, lekin shokolad yomon emas, choy ichishga yaroqli.

Muddati o‘tgan tovarlarning narxlari, albatta, ikki-uch barobar past bo‘ladi. Shunday qilib, yaroqlilik muddati o‘tmagan bir qadoq choy do‘konlarda 35 manat (davlat kursi bo‘yicha 10 dollar, qora bozor kursi bo‘yicha taxminan 1,5 dollar), sotilmayotgan mahsulotlar esa 10-15 manat (3,5 va 0,5 dollar) turadi. Shokolad – 25 manat (7 dollar va 1 dollardan biroz ko‘proq) va eskirganlari uchun 10 manat (davlat kursi bo‘yicha taxminan 3 dollar va qora kurs bo‘yicha 0,5 dollar). Pechenelar bloki mos ravishda 10 va 5 manatni tashkil qiladi.

E’tiborlisi, turkmanistonliklar jiddiy xavf ehtimoliga qaramay, muddati o‘tgan dori-darmonlarni ham sotib olyapti. Bunga ko‘pchilikning "yaroqlilik muddati"ga ega tabletkalar va aralashmalarni sotib olishga qodir emasligi sabab bo‘lmoqda.

Nashrning yozishicha, to‘liq stavkadagi maktab o‘qituvchisining maoshi 2000 manat (davlat kursi bo‘yicha 570 dollar, qora bozorda esa 100 dollar). Davlat muassasalarining texnik xodimlari 800-1000 manatdan (256 dollar va 45 dollar) ko‘p bo‘lmagan maosh oladi. O‘rtacha pensiya miqdori 700 manat (davlat kursi bo‘yicha 200 dollar va qora bozorda 35 dollar).

"Kam daromadlar mamlakat aholisini iloji boricha tejashga majbur qiladi. Masalan, Mari viloyatining ba’zi qishloqlarida butun oilalar muddati o‘tgan oziq-ovqat va eskirgan kiyimlarni sotib olishadi. Biroq, doimiy ish joyiga ega shaharliklar ham byudjetlarini imkon qadar tejashga harakat qilishadi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston oziq-ovqat Ashxobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made