UEFA “Real” futbolchisini ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi

Sport

image

UEFA “Real Madrid” hujumchisi Rodrigoni Chempionlar ligasi doirasidagi ikki o‘yindan diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda SI xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, braziliyalik futbolchi Lissabonning “Benfika” klubiga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilgan. Rodrigo qo‘shimcha bo‘limda ikkita sariq kartochka olib, raqib harakatlaridan faol tarzda norozilik bildirgani va vaziyatni vaqtni ataylab cho‘zish deb baholagani qayd etilgan.

Voqeani o‘rganib chiqqan UEFA intizom qo‘mitasi futbolchi hakamga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan, degan xulosaga kelgan. Shu sababli standart bir o‘yinlik diskvalifikatsiya muddati ikki o‘yinga uzaytirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur bahs “Benfika”ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Ushbu mag‘lubiyat “Real Madrid”ning umumiy jadvalda kuchli sakkizlikdan joy olishiga to‘sqinlik qilib, jamoaning Chempionlar ligasi 1/8 finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyatini boy berishiga sabab bo‘lgan.

Natijada madridliklar pley-off bosqichida ishtirok etishga majbur bo‘ldi va qur’a natijasiga ko‘ra, yana “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi. Diskvalifikatsiya sabab Rodrigo ushbu pley-off bosqichidagi har ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi. Bu esa “Real Madrid” uchun turnirning hal qiluvchi pallasi oldidan jiddiy yo‘qotish sifatida baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA “Real” futbolchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing