Ukraina Bosh vaziri iste’fo berdi
Olam
−
16 iyul 5073 1 daqiqa
Denis Shmigal Ukraina Bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
14 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga mudofaa vaziri lavozimiga Denis Shmigalni, uning o‘rniga esa hozirda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va mamlakatning birinchi ayol Iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlayotgan 39 yoshli Yuliya Sviridenkoni tayinlashni taklif qildi.
Sviridenko AQSH va Ukraina o‘rtasidagi foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralarda muhim rol o‘ynadi. U tez-tez Ukrainani G‘arb hamkorlari bilan yuqori darajadagi muzokaralarda himoya qilib, mudofaa sohasida hamkorlik, iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish masalalariga e’tibor qaratgan.
Denis Shmigal 2020 yil martidan beri Bosh vazir lavozimini egallab kelmoqda. 43 yoshli Rustam Umarov esa 2023 yil sentyabridan buyon Ukraina Mudofaa vazirligini boshqarib kelmoqda. O‘tgan hafta Zelenskiy Umarovning Ukrainaning AQSHdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
“Ukrainska pravda”ning yozishicha, Oliy Rada 16-17 iyul kunlari Ukraina hukumatidagi o‘zgarishlarni ma’qullamoqchi.
Live
Barchasi