O‘zbekiston investorlar uchun doimo ochiq – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
17 iyun 1094 1 daqiqa
Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etilganini ta’kidlab, mamlakat teng huquqli va o‘zaro manfaatli sheriklikka tayyor bo‘lgan investorlar uchun doimo ochiq ekanini bildirdi.
Davlat rahbari forum ishtirokchilarini qutlar ekan, bu yilgi tadbirda dunyoning 100 ta davlatidan qariyb 4 ming nafar xorijiy mehmon qatnashishini qayd etgan.
Prezidentning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyatning forumdagi faol ishtiroki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganining yaqqol ifodasidir.
Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, so‘nggi yillarda mamlakatga 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lib, shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yil hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Biz O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan, teng huquqli va o‘zaro foydali sheriklikka tayyor investorlar uchun doimo ochiqmiz”, degan davlat rahbari.
Shuningdek, forumda ishtirok etayotgan Albaniya Prezidenti Bayram Begay, Rossiya Hukumati raisi Mixail Mishustin, Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda hamda qator xalqaro moliya institutlari, banklar va yirik kompaniyalar vakillariga minnatdorlik bildirilgan.
Live
Barchasi