O‘zbekiston Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi

Sport

image

Bugun, 9 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyada o‘tayotgan 2026 OFK Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida Bangladeshga qarshi maydonga tushdi. Kotrina Kalbayte shogirdlari raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etib, chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi turlarda Xitoy va Shimoliy Koreyaga yirik hisoblarda mag‘lub bo‘lgan edi. So‘nggi turda Bangladesh ustidan qozonilgan g‘alaba esa jamoaga pley-off bosqichiga chiqish imkonini berdi.

Guruh yakunlariga ko‘ra, Xitoy 9 ochko bilan birinchi, Shimoliy Koreya 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bangladesh esa barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lib, guruhni tark etdi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, guruhlarda uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasidan eng yaxshi natija qayd etganlar pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Ushbu reytingda O‘zbekiston 3 ochko bilan Vetnamdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kotrina Kalbayte shogirdlarining chorak finaldagi raqibi guruh bosqichi yakunlangach aniqlanadi. Agar O‘zbekiston chorak finaldan o‘ta olsa, 2027 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lga kiritadi. Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham imkoniyat saqlanib qoladi – chorak finalda yutqazgan jamoalar o‘zaro bahs olib borib, mundial yo‘llanmasi uchun kurashadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi chorak final Kotrina Kalbayte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing