O‘zbekiston Rossiya va Albaniya bilan o‘ynaydi
Sport
−
12:30 5202 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi xalqaro tanaffus payti Rossiya va Albaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mart oyi yakuniga belgilangan FIFA kunlarida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Ushbu yig‘in doirasida Ravshan Haydarov shogirdlari Rossiya va Albaniya jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishadi.
Dastlab Rossiya olimpiya jamoasi bilan o‘tkaziladigan uchrashuv joriy yilning 27 mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shundan so‘ng 30 mart sanasida Ravshan Haydarov shogirdlari Albaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 va 30 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham FIFA Series doirasida Gabon va Venesuela bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Live
Barchasi