O‘zbekistonda 1-sinfga onlayn qabul boshlandi

Jamiyat

image

2026–2027 o‘quv yili uchun O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlab rasman start oldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 20 iyun soat 10:00 dan boshlab ota-onalar elektron arizalarni ikki platforma orqali topshirishi mumkin:

— my.maktab.uz
— my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida call-markaz ham ishga tushirilgan. Savollar uchun 71-203-07-04 va 71-203-04-03 raqamlari, shuningdek Telegram’dagi @mymaktabuz_bot orqali murojaat qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, mikrohududlar doirasida qabul jarayonlari 20 iyundan 31 iyulgacha davom etadi.

Yangi tartibga ko‘ra, qabul to‘liq elektron shaklda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-sinfga qabul 7 yoshga to‘lgan bolalar uchun belgilangan bo‘lib, 2026–2027 o‘quv yilida 2019 yil 31 dekabrgacha tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab O'zbekiston onlayn qabul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing