O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik banknot muomalaga kiritiladimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik yangi banknot muomalaga kiritilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega hisoblanadi.

Yangi pul belgilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan ma’qullash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng Markaziy bank tomonidan yangi pul belgisi tavsifi va uning muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborotlar) ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

banknot 500 ming so'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing