O‘zbekistonda 991 ta dorixona narxlarni asossiz oshirgani aniqlandi

3-sahifa

image

Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llash holatlari aniqlandi. Bu haqda qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarliklar Soliq organi tizimida aniqlanib, qo‘mitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

2025–2026 yillarda qo‘mitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlar asosida belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 991 ta dorixonada (152 ta ulgurji va 839 ta chakana) 414 305 ta holatda 8,5 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olingani aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.

Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzish holatlari bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing