O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
15 aprel 15446 1 daqiqa
Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbek davlat drama teatri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Dono Boboxonova 1946 yil 20 noyabrda Qozog‘istonda tug‘ilgan. U Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, faoliyatini Yosh gvardiya teatrida boshlagan. 1996 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Aktrisa milliy sahna san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hamda betakror obrazlar yaratgan. Aktrisa “Bozor ko‘rmagan yigit” va “Gap yo‘q” telenovellalaridagi rollari bilan tanilgan. Shuningdek, ijodi davomida “Tilim qursin”, “Chol va nabira”, “Berlin-Oqqo‘rg‘on” kabi ko‘plab filmlarda mahoratli rol ijro etgan. U O‘zbekiston Davlat drama teatrida yaratgan qator obrazlari bilan muxlislari yodida qolgan. Dono Boboxonova to‘qqiz nabira va to‘rt evaraning buvisi edi.
QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
Live
Barchasi