O‘zbekistonda pasportsiz naqd valyuta olish chegarasi oshirilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 500 dollargacha naqd valyutani bankka pasport taqdim etmasdan olishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bankning bugun, 25 mart kuni e’lon qilingan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, tijorat banklari ekvivalenti 500 AQSH dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasini sotib olayotgan jismoniy shaxslarni lozim darajada tekshirishini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Amalda bu chegara 100 AQSH dollariga teng.

Bundan tashqari, yana bir holatda mijozni lozim darajada tekshirish (amalda – identikatsiya qilish) talabiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Amalda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (hozirda 206 ml so‘m)ga teng yoki undan oshgan summada bank hisobvarag‘ini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda bank mijozning shaxsiga aniqlik kiritishi kerak. Muhokamaga qo‘yilgan loyihada bu borada 175 mln so‘mlik qat’iy chegarani o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi joriy yil 4 aprelgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar bank valyuta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing