O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
02 aprel 7477 1 daqiqa
Joriy yilning 4-8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida – dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
Barchasi