O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
08:55 15228 1 daqiqa
Bugun, 5 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 5-9 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligini bildirgandi.
Live
Barchasi