Vardining Italiyadagi uyi talon-toroj qilindi

Sport

image

Italiyaning “Kremoneze” jamoasining angliyalik hujumchisi Jeymi Vardining Italiyaning Garda ko‘lida joylashgan villasidan 100 ming yevrolik o‘lja o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “La gazzetta dello sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea joriy yilning 23 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Bu paytda futbolchi “Roma”ga qarshi (1:3) o‘yinda maydonda bo‘lgan, jinoyatchilar  esa uning Garda ko‘li bo‘yidagi Salo shahridagi villasiga bostirib kirgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kamida uch nafar o‘g‘ri derazani majburan ochib, qimmatbaho qo‘l soatlari, zargarlik buyumlari va naqd pullarni o‘zlashtirgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘lja miqdori qariyb 100 ming yevroni tashkil etadi.

Salodagi karabinerlar hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Jinoyatchilar Vardi, uning rafiqasi va bolalarining harakatlarini kuzatib, uy qachon bo‘sh bo‘lishini oldindan bilgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonining Kastelli-Kalepodagi uyi ham Chempionlar ligasidagi o‘yin paytida talon-toroj qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jeymi Vardi talon-toroj “Kremoneze”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing