Vazir, vazir o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar mukofotlandi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bir guruh davlat xizmatchilarilarini mukofotladi. Ular orasida bir nafar vazir, vazir o‘rinbosarlari va qo‘mita raislari ham bor. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, davlat rahbarining farmoni bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov hamda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Vazir Hidoyatov o‘tgan yilning 17 iyul kuni sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etilgan sobiq vazir Botir Zokirovning o‘rniga vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuningdek, Prezident Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan mukofotladi. Vahobov 2022 yilning mart oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan esa Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jahongir Abdiyev, Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev, Sport vaziri o‘rinbosari Murod Ismoilov, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuhrat Kodirov, Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kaxramon Yo‘ldoshev taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan mukofotlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vazir Davron Vahobov mansabdorlar Sherzod Hidoyatov vazir o'rinbosarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing