Venesuelada 7 kunlik motam e’lon qilindi
Olam
−
07 yanvar 44909 1 daqiqa
Venesuela AQSH tomonidan mamlakatga hujum uyushtirilgan va Prezident Nikolas Maduro o‘g‘irlab ketilgan paytda halok bo‘lgan harbiylar uchun bir haftalik motam e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges kecha, 6 yanvar kuni dam olish kunlari AQSH tomonidan amalga oshirilgan operatsiya chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qilgan. Ma’lumot uchun, ushbu operatsiya AQSH tomonidan Prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olish maqsadida o‘tkazilgandi.
Janubiy Amerika davlati rasmiylariga ko‘ra, hujum oqibatida taxminan 20 nafar venesuelalik ofitser halok bo‘lgan. Shuningdek, Kuba hukumati 4 yanvar kuni Venesuelada xizmat olib borayotgan 32 nafar kubalik harbiy va politsiya xodimi ham halok bo‘lganini ma’lum qilib, mamlakatda ikki kunlik motam e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela muxolifati rahbari Mariya Korina Machado muvaqqat prezident Delsi Rodrigesni qiynoqlar va ta’qiblar, korrupsiya hamda narkotrafikning asosiy tashkilotchisi deb atab, uning xalqaro investorlar uchun ishonchli shaxs emasligini ta’kidlagan edi.
Live
Barchasi