Xon Saroy kompaniyasi “Orzular” loyihasining xonadon kalitlarini o‘z egalariga topshirmoqda

Biznes

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida, 16-mavze ro‘parasidagi “Uch Qahramon” bozori yaqinida joylashgan “Orzular” turarjoy majmuasida navbatdagi xonadonlar o‘z egalariga topshirilmoqda. Joriy yilning 1-choragida 3 ta bino topshirilgan bo‘lsa, hozirda yana 4 ta  binodagi xonadonlar o‘z egalariga topshirilmoqda.

Eng muhim jihati shundaki, barcha ishlar rejada belgilangan muddatda to‘liq amalga oshirildi. Bu esa Xon Saroy kompaniyasining ishonchliligi va professional yondashuvining yana bir bor tasdig‘i hisoblanadi.

Majmua nomi tasodifiy tanlanmagan. “Orzular” – bu insonning tinch, farovon va qulay hayotga bo‘lgan intilishini ifodalovchi loyiha. Endi bu orzular real hayotga aylanmoqda.

Majmuada yaratilgan sharoitlar:

  • Yerosti avtoturargohi – transport vositalari uchun qulay joy;
  • Dam olish va sayr hududi – tabiat bilan uyg‘un yashashni istovchilar uchun yashil maydonlar;
  • Bolalar va sport maydonchalari – sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydigan 
  • zamonaviy inshootlar;
  • Hudud ichidagi do‘konlar va tijorat maydonlari – kunlik xaridlarni amalga oshirish uchun majmua ichida barcha sharoitlar mavjud;
  • 24/7 videokuzatuv tizimi – majmua aholisi va ularning yaqinlari uchun yuqori darajadagi xavfsizlik.

Xon Saroy kompaniyasi o‘z faoliyati davomida 12 ta yirik turarjoy majmualarini muvaffaqiyatli yakunlab, kalitlarni egalariga topshirgan. Hozirgi kunda yana 10 ta yirik loyiha faol qurilish jarayonida.

Kompaniya o‘z loyihalarini zamonaviy qurilish standartlari asosida amalga oshirib, har bir xonadonda aholi uchun maksimal qulaylik va hayot sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Xon Saroy nafaqat qurilish sohasida, balki media, sport va ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Telefon: +998 712007400

Instagram | Telegram | Sayt

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy Orzular

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing