Yangi yil uchun zamonaviy va foydali sovg‘a: HUAWEI MatePad 11.5
Biznes
−
29 dekabr 2280 3 daqiqa
Yangi yil — bu yaqinlarimizni xursand qilish, ularga foydali va uzoq muddat xizmat qiladigan sovg‘a ulashish uchun eng qulay payt. Bugun texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir vaqtda, planshetlar nafaqat hordiq uchun, balki o‘qish, ish va kundalik vazifalar uchun ham muhim qurilmaga aylandi. HUAWEI MatePad 11.5 ana shunday ko‘p funksiyali va universal sovg‘alardan biri sifatida e’tiborni tortmoqda.
Dizayn va qulaylik birlashgan yechim
HUAWEI MatePad 11.5 o‘zining yupqa va yengil metall korpusi bilan bir qarashdayoq taassurot uyg‘otadi. Og‘irligi atigi 499 gramm, qalinligi esa 6,85 mm bo‘lgani sababli uni sumkada olib yurish, darsga yoki ishga olib borish umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu planshet har kuni yoningizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan qurilma sifatida ishlab chiqilgan.

Qurilmaning minimalistik dizayni yoshlar, talabalar va kattalar uchun birdek mos. U nafaqat texnik vosita, balki kundalik hayotning bir qismiga aylanadi.
HUAWEI FullView ekran — ko‘rish zavqi uchun
Planshet deyarli ramkasiz HUAWEI FullView ekrani va 120 Gs yangilanish chastotasi bilan jihozlangan. Bu esa matn o‘qishda, videolar tomosha qilishda va hujjatlar bilan ishlashda ko‘z uchun qulaylik yaratadi. Ekranning silliq ishlashi ayniqsa uzoq vaqt davomida foydalanilganda seziladi.
Talabalar uchun dars materiallari, konspektlar, prezentatsiyalar bilan ishlash qulay bo‘lsa, ijod bilan shug‘ullanuvchilar uchun rasm chizish va g‘oyalarni qayd etish yanada osonlashadi.

Sovg‘a sifatida to‘liq to‘plam
HUAWEI MatePad 11.5 ning asosiy ustunliklaridan biri — klaviatura va stilus-ruchkaning sovg‘a sifatida taqdim etilishi. Bu planshetni oddiy ko‘ngilochar qurilmadan to‘laqonli ishchi vositaga aylantiradi.

Klaviatura yordamida:
- matn terish,
- referatlar va topshiriqlar tayyorlash,
- Word va Excel fayllari bilan ishlash qulaylashadi.
Stilus esa:
- qo‘lda yozilgan konspektlar,
- tezkor eslatmalar,
- chizmalar va rejalarni yaratish uchun mos.
Natijada planshet bir vaqtning o‘zida daftar, bloknot va ixcham noutbuk vazifasini bajaradi.

O‘qish va kundalik ishlar uchun yordamchi
HUAWEI MatePad 11.5 ayniqsa o‘smirlar va talabalar uchun foydali sovg‘a bo‘la oladi. U darsda yozuvlar olib borishdan tortib, uy vazifalarini bajarish, jadval va hujjatlar bilan ishlashgacha bo‘lgan jarayonlarni soddalashtiradi.
«Superqurilma» funksiyasi orqali smartfon va planshetni tez ulash, fayllarni bir qurilmadan boshqasiga oson ko‘chirish mumkin. Bu esa zamonaviy foydalanuvchilar uchun vaqtni tejovchi muhim imkoniyat hisoblanadi.

O‘rtacha segmentdagi maqbul tanlov
HUAWEI MatePad 11.5 yangi model bo‘lmasligi mumkin, ammo ayni paytda u o‘z narxi va taklif qilayotgan imkoniyatlari bilan e’tibor markazida. O‘rtacha segmentga mansub bo‘lsa-da, u kundalik ehtiyojlarning katta qismini qoplay oladi va qimmat noutbuklarga muqobil yechim sifatida qaraladi. Tavsiya etilayotgan narx 3 999 000 so‘m tashkil etadi.
Bu narxda foydalanuvchi nafaqat planshet, balki klaviatura va stilus bilan birga to‘liq to‘plamga ega bo‘ladi.

Qayerdan xarid qilish mumkin?
Toshkent shahrida HUAWEI MatePad 11.5 ni rasmiy BRAND SHOP — Afrosiyob ko‘chasi, 28/14 manzilidan xarid qilish mumkin.
Toshkent shahridan tashqarida yashovchi xaridorlar uchun esa mahsulot kompaniyaning rasmiy hamkor do‘konlari orqali mavjud.
Zamonaviy dizayn, keng imkoniyatlar va maqbul narx — bularning barchasi HUAWEI MatePad 11.5 ni Yangi yil arafasida e’tiborga loyiq sovg‘alardan biriga aylantiradi.
Reklama huquqi asosida