Yonilg‘i taqchilligi tufayli Qozog‘iston chegarada nazoratni kuchaytiradi

Olam

image

Qozog‘istonda mamlakat ichida yonilg‘i taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chegaralardagi nazorat kuchaytirilmoqda. Bunday topshiriqni mamlakat Bosh vazir Oljas Bektenov bergan. Bu haqda “Ulysmedia.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda mamlakatdagi barcha neftni qayta ishlash zavodlari odatiy tartibda ishlamoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi benzin, dizel va aviatsiya yonilg‘isi zaxiralari 1 million tonnadan oshadi.

Yonilg‘i bilan bog‘liq vaziyat fonida Bosh vazir chegaralardagi nazoratni kuchaytirish hamda yoqilg‘i-moylash materiallarining noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan. Hukumat buni ichki bozorda barqaror zaxiralarni saqlab qolishning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina so‘nggi bir oy ichida qariyb 12 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari olib chiqib ketilishining oldi olingan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari yonilg‘ini noqonuniy olib chiqishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan benzin baklari qayta jihozlangan 54 ta avtomobilni aniqlagan.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi bir qator avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) yonilg‘i sotishga cheklovlar joriy etilgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chegara Yonilg'i taqchilligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing