Yevropa ligasi finalchilari aniqlandi

Sport

image

Kecha, 7 may kuni Yevropa ligasi yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniyaning “Frayburg” va Angliyaning “Aston Villa” jamoalari musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.

Yarim final uchrashuvida “Frayburg” Portugaliyaning “Braga” jamoasini o‘z maydonida 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Lukas Kyubler 19 va 72-daqiqalarda dubl qayd etdi. Yana bir golni Joan Manzambi 41-daqiqada urdi. Mehmonlarning yagona goliga esa, Pau Viktor mualliflik qildi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Mario Dorjeles raqibning golli imkoniyatini to‘xtatgani uchun qizil kartochka oldi. Dastlabki bahsda “Frayburg” 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, germaniyaliklar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalning boshqa uchrashuvida “Aston Villa” o‘z maydonida “Nottingem Forest”ni 4:0 hisobida taslim etdi. Gollarga Olli Uotkins (36), Emiliano Buendiya (58, penalti) hamda Jon Makginn (77, 80) mualliflik qildi. Dastlabki uchrashuvda “o‘rmonchilar” 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Endilikda “Frayburg” va “Aston Villa” jamoalari Yevropa Ligasi chempionligi uchun o‘zaro to‘qnash keladi. Hal qiluvchi final uchrashuvi joriy yilning 20 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi “Aston Villa” “Frayburg”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing