“Yuzimni aroq ichib kesib tashladi”. Toshkentda soxta kosmetolog er-xotinlar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida soxta kosmetolog er-xotinlar faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda “Hudud” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin kosmetologlar Chilonzor tumanining Archa ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida yuz terisida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib kelgan.

O‘tkazilgan amaliyotlardan jabrlangan bir qancha ayollar tegishli organlarga er-xotin ustidan shikoyat qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chilanzor tuman sudida er-xotin kosmetologlarga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqilgan.

Sudda qatnashgan jabrlanuvchi ayolning gaplariga ko‘ra, kosmetolog erkak ichgan holatda uni yuzini kesgan. Jarohat chuqurligidan judayam ko‘p qon oqqan. So‘ngra erkak ishni xotiniga tashlab o‘zi chiqib ketgan. Uning xotini esa lazer bilan kesilgan joyni kuydirishga harakat qilgan. Kechqurun boshlangan operatsiya ertalabgi soat oltigacha davom etgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ayol 5 kun koma holatiga tushib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan kosmetolog erga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 2 qismi “b”, “v”, “g” bandlari bilan aybli deb topilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalida qamoqqa olingan.

Uning xotiniga esa xuddi shu moddalar bilan ayblov qo‘yilib, 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida kosmetolog bo‘lib ishlovchi ayol mijozining yuziga ehtiyotsizlik oqibatida tan jarohati yetkazib qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jinoyat Toshkent Chilonzor soxta kosmetolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing