“Zapravka”dagi portlashda 2 kishi jarohatlandi
3-sahifa
−
07 aprel 5094 1 daqiqa
Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 2 fuqaro kuyish tan jarohatini oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong‘in soat 08:24 da tumanning “Oqtom” MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida sodir bo‘lgan. KAMAZ rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gazini quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyish tan jarohati olgan.
“Ularni sog‘ligiga xavf yo‘q, hozirda ahvoli yaxshi. Halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 08:39 da yetib borib, yong‘in soat 08:42 da o‘rab olingan va 10:10 da to‘liq o‘chirilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, “Hududgazta’minot” rahbar va xodimlari chiqqan hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergandi.
Live
Barchasi