Zelenskiy Yermakning o‘rnini kim egallashi mumkinligini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 8 dekabr kuni jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Prezident ofisini kim boshqarishi mumkinligini aytdi.

Zelenskiy nomzodlar sifatida besh ukrain rasmiysining ismini keltirgan:

  • Denis Shmigal – Mudofaa vaziri;
  • Mixail Fyodorov – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Raqamli transformatsiya vaziri;
  • Kirill Budanov – Mudofaa vazirligining razvedka bosh boshqarmasi rahbari;
  • Pavel Palis – Prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari;
  • Sergey Kislitsa – Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Zelenskiyning aytishicha, Shmigal va Fyodorov nomzodlari bo‘yicha muammo bor, chunki Rada ularni lavozimidan bo‘shatishi kerak, Prezident esa keyin tayinlay oladi. Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Prezident ofisi muhim, lekin boshqa institutlar ham bor.

Zelenskiy barcha nomzodlar juda muhim lavozimlarni egallab turgani uchun hali variantlarni o‘ylab chiqayotganini qo‘shimcha qilgan. 

“Baribir tanlov qilish kerak. Agar bu jarayon cho‘zilsa, men bosh ofis rahbarisiz ishlashga o‘rganib qolaman, balki umuman usiz ham ishlay olarman. Lekin qaror qabul qilish kerak”, degan Ukraina Prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni Zelenskiy Prezident ofisi rahbari Andrey Yermakni ishdan bo‘shatgan edi. O‘sha kuni Ukraina tergovchilari “Energoatom” kompaniyasidagi yirik o‘g‘riliklar ishi bo‘yicha Yermak uyida tintuv o‘tkazgan. Unga ayblov qo‘yilmagan, ammo tintuvdan so‘ng u iste’foga chiqqan va frontga ketishini aytgan.

Keyinchalik Oliy rada deputati Aleksey Goncharenko Ukraina Prezidenti apparatining sobiq rahbari Andrey Yermakka mamlakatdan chiqishga ta’qiq qo‘yilgani haqida ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Denis Shmigal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing