“Javob zarbasi”. Rossiya Ukrainaga tungi hujum uyushtirdi (video)
Olam
−
18 may 9035 1 daqiqa
Bugun, 18 mayga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukrainaga uyushtirilgan navbatdagi tungi hujumlar oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumlar davomida Rossiya dronlar, raketalar va artilleriyadan foydalangan. Asosiy zarbalar Odessa, Dnepr va Zaporoje hududlariga berilgan.
Odessa shahrida dronlar turarjoy binolari, maktab va bolalar bog‘chasiga zarar yetkazgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta binolarda yong‘in yuzaga kelgan. Mahalliy harbiy ma’muriyat rahbari Sergey Lisakning aytishicha, hujumda 11 yoshli bola va 59 yoshli erkak jarohat olgan.
Dnepr shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 18 kishi jarohatlangan. Yaralanganlar orasida 2 yoshli qiz va 10 yoshli o‘g‘il bola ham bor.
Zaporoje viloyati gubernatori Ivan Fyodorov tungi hujumlar oqibatida uch kishi jarohat olganini bildirdi. Xerson viloyatida esa hujumlar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina kecha, 17 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Moskva shahri va Moskva viloyatiga yirik dron hujumini amalga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 17 kishi jarohat olgandi.
Live
Barchasi