Jennifer Lopesning davri o‘tdi: uning konserti chiptalari sotilmayapti

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik 54 yoshli qo‘shiqchi, raqqosa va model Jenifer Lopesning konsertlari uchun aksariyat hollarda chiptalar sotilmay qolmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yaqinda xonanda chiptalar sotuvi pastligi sababli bir nechta shoularini bekor qilgan. Lopes yaqinda rebrending qilib , dastur nomini “This is Me... Now”ga o‘zgartirgan. U hatto o‘zining repertuaridagi eng yaxshi xitlarini dastur listiga qo‘shdi,  ammo bu vaziyatni o‘zgartirmadi. 

Shu sababdan Lopes maslahat so‘rab, chiptalarining sotuvi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallagan xonandalar – Madonna va Teylor Sviftga murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida ham Jennifer Lopec bir nechta gastrollarini izohsiz bekor qilgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Madonna kontsert Jennifer Lopes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing