Jibutida muhojirlar kemasi cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Jibuti qirg‘og‘ida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketishi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi va 45 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kema Jibuti port shahri Obokdan 300 dan ortiq odam bilan jo‘nab ketgan va 24 mart kuni Bab al-Mandeb bo‘g‘ozini kesib o‘tishga urinayotgan paytda cho‘kib ketgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Migratsiya agentligi 27 mart kuni ushbu xabarni tasdiqlagan va 45 kishi bedarak yo‘qolganini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema halokati bu yil mintaqada birinchi marta sodir bo‘lgan. O‘tgan yili 900 dan ortiq muhojir yo‘lda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu bo‘g‘ozda qayd etilgan eng yuqori qurbonlar soni sifatida aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda dunyo bo‘ylab xavfli migratsiya yo‘llarida kamida 7 667 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

muhojirlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jibuti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing