Jizzaxda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi
Jamiyat
−
05 Sentabr 5144 1 daqiqa
Kecha, 4 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:07 da Baxmal tumani, “Qutlug‘obod” MFY, Yo‘ldoshboy qishlog‘idagi aholi yashash xonadonlarining birida fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketgan. O‘sha vaqtda bolaning yonida hech kim bo‘lmagan. U yonida bo‘lgan mobil telefoni orqali “112” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Baxmal tumani FVB qutqaruvchilari tezkorlik bilan bolani hojatxona chuquridan xavfsiz olib chiqqan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 40 metrlik quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bola maxsus texnikalar va anjomlar yordamida sog‘-salomat chiqarib olingandi.
Live
Barchasi