Jizzaxda attraksion qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor (video)
3-sahifa
−
11 iyun 5697 1 daqiqa
Jizzax shahridagi istirohat bog‘ida attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Holat kecha, 10 iyun kuni taxminan kech soat 22:00 atrofida Jizzax shahar “O‘rda” ekologik madaniyat va istirohat bog‘idagi “Niyatjon niyati” MCHJga qarashli, 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Bashnya padeniya” nomli 16 o‘rindiqli attraksionda sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida jami 4 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Voqea oqibatida o‘lim holati qayd etilmagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur attraksionda navbatdagi texnik ko‘rik 2025 yilning 5 noyabrida o‘tkazilgan. Hozirda mutasaddi mas’ul organlar tomonidan tergovga qadar dastlabki o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘ida attraksion zanjiri uzilib, qulab tushgan va oqibatda 2 kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi