JSST hantavirus ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirdi
Salomatlik
−
08 may 2455 1 daqiqa
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hantavirus bilan kasallanish holatlari ortishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, Niderlandiyada esa ikkita yangi tasdiqlangan holat haqida xabar berildi. Bu haqda kecha, 7 may kuni JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus Jenevadagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Hantavirus bilan bog‘liq beshta holat tasdiqlandi, yana uchtasi tekshirilmoqda. Ular orasida kruiz laynerining vafot etgan yo‘lovchilari ham bor. Andes virusi (layner yo‘lovchilarida tasdiqlangan variant) uchun inkubatsiya davri olti haftagacha davom etishini hisobga olsak, kasallanish holatlari yana ko‘payishi mumkin”, deydi u.
Uning bayonotidan ko‘p o‘tmay, Niderlandiyada MV Hondius kruiz layneridan evakuatsiya qilingan yana ikki kishida hantavirus tashxisi tasdiqlangani ma’lum bo‘ldi.
“Bu pandemiyaning boshlanishi emas”, deydi JSSTning epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularning oldini olish bo‘limi direktori Mariya van Kerkxove.
Tashkilotning hisoblashicha, vahima qilishga asos yo‘q va hozirgi vaziyat olti yil oldingi koronavirus pandemiyasi davridagi holatdan farq qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilda hantavirus bilan bog‘liq ilk holat rasman qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi