Husanovning transfer narxi 100 million yevrodan oshib ketdi
Sport
−
01 may 13774 1 daqiqa
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning transfer qiymati 119 mln yevrogacha baholandi. Bu haqda mashhur portal FMInside xabar berdi.
Hozirda “Transfermarkt” 21 yoshli “Manchester Siti” futbolchisini 35 million yevroga baholamoqda, biroq FMInside fikricha, uning haqiqiy qiymati 100 million yevrogacha yetishi mumkin.
Skautlar ma’lumotiga ko‘ra, Husanovning transfer narxi 63 milliondan 119 million yevrogacha oshishi ehtimoli bor. Hozirgi vaqtda futbolchini sotib olish uchun “Manchester Siti” klubiga qariyb 80 million yevro to‘lash talab etiladi.
Klubning moliyaviy imkoniyatlari yuqori ekanini hisobga olsak, hatto 80 million yevro ham futbolchini sotib olish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Ta’kidlash joiz, Abduqodir Husanov jamoaning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliyaning “Manchester Siti” klubi aprel oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun chap qanot himoyachisi Niko O’Raylini tanlagandi. Da’vogarlar orasida markaziy himoyachi Abduqodir Husanov va portugaliyalik yarimhimoyachi Bernardu Silva ham bor edi. E’tiborli jihati, o‘zbekistonlik futbolchi ovozlar soniga ko‘ra katta farq bilan ustun kelgandi, ammo yakunda 21 yoshli ingliz e’tirof etildi.
Live
Barchasi