2025 yilda samolyot halokatlarida 400 ga yaqin kishi vafot etgani aytildi

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) 2025 yil uchun parvoz xavfsizligi bo‘yicha yillik hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili samolyot bortida sodir bo‘lgan hodisalarda jami 394 kishi halok bo‘lgan. 

Hisobotga ko‘ra, 2025 yilda aviatsion hodisalarning umumiy darajasi har bir million reysga 1,32 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yildagi 1,42 ga nisbatan yaxshilangan bo‘lsa-da, so‘nggi besh yillikdagi o‘rtacha darajadan bir oz yuqori bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan yili dunyo bo‘ylab 38,7 million reys amalga oshirilgan va 51 ta aviatsiya hodisasi qayd etilgan. Shulardan sakkiztasi halokatli bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning asosiy qismi ikki yirik halokat bilan bog‘liq. Jumladan, 2025 yilda halok bo‘lganlarning 77 foizidan ortig‘i Air India 171 va PSA Airlines 5342 reyslari bilan bog‘liq hodisalarga to‘g‘ri kelgan.

Hisobotda qayd etilishicha, yil davomida eng ko‘p uchragan muammolar shassi bilan bog‘liq nosozliklar, uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketish hamda yerda samolyotlarning shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Shu bilan birga, hisobotda yangi xavflar ham qayd etilgan. Ular qatoriga qurolli mojarolar sababli parvoz yo‘nalishlarining o‘zgarishi hamda sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlariga aralashuv holatlarining ko‘payishi kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyada naqd pul ortilgan harbiy yuk samolyoti halokatga uchrashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

samolyot reys Hisobot Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing