2100 yilga borib Antarktidada muz qoplami 20 foizga qisqaradi

Olam

image

Antarktida yarim orolining muz qoplami 2100 yilga borib 20 foizga qisqarishi kutilmoqda, bu esa global dengiz sathining sezilarli darajada ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda xalqaro tadqiqotchilar guruhi hisobotida keltirilgan.  

Qayd etilishicha, eng yomon holatda orolning muz qoplami XXI asr oxiriga borib beshdan bir qismga qisqarishi mumkin. Bu pingvinlar va kitlar kabi qutb hayvonlari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek, mintaqadan tashqarida halokatli hodisalarni yuzaga keltiradi.

Tadqiqotning bosh muallifi, Nyukasl universiteti professori Bevan Deyvisning aytishicha, Antarktidadagi o‘zgarishlarning oqibatlari dengiz sathining ko‘tarilishi, okean va atmosfera o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va global aylanishdagi o‘zgarishlar orqali dunyoning boshqa mintaqalariga ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antarktidadagi Gektoriya muzligi ikki oy ichida qariyb 50 foizga qisqargan edi. Bu zamonaviy tarixda qayd etilgan eng tez chekinish bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Antarktida tadqiqotchilar muz qoplami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing