3 ming dollar evaziga daraxt kesishga ruxsat bergan ekologiya xodimi ushlandi (video)
3-sahifa
−
30 yanvar 3879 1 daqiqa
Toshkent viloyatida ekologiya xodimi ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashga ruxsat berish evaziga 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zi istiqomat qiluvchi uyning ko‘cha qismida qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashi uchun ruxsat berish evaziga 3 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayni paytda, xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida da’vo arizasini qaytarib olish evaziga 5 ming AQSH dollari pora olgan direktor o‘rinbosari ushlangani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi