50 kub metr gaz uchun imtiyozli narx mart oyi oxirigacha uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston aholisi 16-31 mart kunlari yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gaz uchun arzonlashtirilgan narxda to‘llov qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16-20 mart kunlari respublika hududlarida havo harorati kunduzi +22 darajagacha, kechasi +10 daraja bo‘lishi e’lon qilingan. Shu munosabat bilan, bugun, 16 martdan boshlab 1 noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1 oktyabrgacha) bazaviy me’yor amal qiladi.

Vazirlik, shuningdek, mart oyi uchun muhim eslatma berib o‘tgan.

“Bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15 mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda, 250 kub metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31 mart kunlari) teng ulushlarda taqsimlanganda, 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lovni amalga oshiradi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tabiiy gaz iste’molidagi barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarga “Hududgazta’minot” va uning hududiy filiallari tushuntirishlar berishi aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori quyidagicha:

  • Elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt soatdan keyingi) 150 kVt soatgacha;
  • Tabiiy gaz uchun – qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida har oyda beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikaning barcha hududlarida 15 martga qadar uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Energetika vazirligi imtiyozli narx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing