ADM Global va Sojitz Corporation hamkorlikda sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda: O‘zbekiston va Yaponiya sanoat hamkorligining yangi bosqichi

Biznes

image

ADM Global kengayishda davom etmoqda va xalqaro hamkorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda. Bugungi kunda kompaniyalar guruhi yirik sanoat loyihalarida tobora ko‘zga ko‘rinarli ishtirokchiga aylanib bormoqda, dunyoning yetakchi korporatsiyalari bilan sheriklik esa uning uchun yangi rivojlanish istiqbollarini ochmoqda. 2025 yil dekabr oyida Tokioda erishilgan kelishuvlar buning yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Shu kunlarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik eng yuqori pog‘onada yanada faollashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif doirasida ikki mamlakat davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan faol uchrashuv va muzokaralar olib borilmoqda.

Aynan shu munosabat bilan 19 dekabr kuni Tokioda ADM Global kompaniyalar guruhi va Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi o‘rtasida ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, uning yakunlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat tomonlarning uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonda yangi loyihalarni birgalikda boshlashga bo‘lgan umumiy intilishini aks ettiradi.

Imzolangan memorandum, eng avvalo, avtomobilsozlik va unga bog‘liq sohalarda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish uchun zamin yaratadi. ADM Global va Sojitz O‘zbekiston bozorida sanoatni rivojlantirish va zamonaviy yechimlarni joriy etish uchun tajriba, texnologik imkoniyatlar va xalqaro ekspertizani birlashtirishga kelishib oldilar.

Avtomobil sanoati – e’tibor markazida

Hamkorlikning muhim sohasi O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirishdan iborat. Tomonlar bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda:

  • Avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, shu jumladan, mahalliylashtirish va to‘liq siklli quvvatlarni (CKD) yaratish;
  • avtomobillar, butlovchi qismlar va uskunalarni yetkazib berishning barqaror va samarali zanjirlarini yaratish;
  • servis va xizmat ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lgan butun mamlakat bo‘ylab dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish;
  • texnologik hamkor sifatida Yaponiyaning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisini O‘zbekistonga jalb qilish;
  • kadrlar tayyorlash – xalqaro OEM ishlab chiqaruvchilari ko‘magida muhandis-texnik mutaxassislar uchun ta’lim va tajriba orttirish amaliyoti.

Avtomobil sanoatidan kengroq bo‘lgan hamkorlik

ADM Global va Sojitz o‘rtasidagi hamkorlik faqat avtosanoat bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Shu bilan birga, kompaniyalar O‘zbekiston hududida tijorat va developerlik loyihalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu maslahat va texnik yordam, shuningdek, Sojitz va uning hamkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar – tijorat ob’ektlarini rivojlantirishdan tortib, ulardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan faoliyatda ishtirok etishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Investitsiyalar va keyingi bosqichlar

Hamkorlik doirasida O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirishga 150–200 million AQSH dollari atrofida mablag‘ jalb etilishi kutilmoqda. Kelishuvlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi uchun tomonlar qo‘shma ishchi guruhlar tuzish, muntazam ravishda axborot almashish va har bir yo‘nalish bo‘yicha batafsil yo‘l xaritalarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Sojitz korporatsiyasi bilan memorandum imzolanishi ADM Global uchun rivojlanishning muhim bosqichi va yirik xalqaro loyihalarda uning o‘rni ortib borayotganining tasdig‘i bo‘ldi. Hamkorlik doirasini kengaytirish va dunyoning yetakchi kompaniyalarini jalb qilish orqali ADM Global nafaqat o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda, balki O‘zbekistonning sanoat salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shib, mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Sayt  |  Elektron pochta

ADM Global: Instagram | Facebook | YouTube | X | LinkedIn

ADM Jizzakh: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yaponiya ADM Global Sojitz Corporation

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing