Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 aprel kuni Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila soat 21:12 da sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda: 6. Chuqurligi: 207 km. Epitsentr: Badaxshon, Afg‘oniston. Koordinatalari: 36,69 daraja shimoliy kenglik, 70,76 daraja sharqiy uzunlik. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 314 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 420 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 457 km.
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 457 km.
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 468 km.
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 477 km.
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 485 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 499 km.
  • Toshkent viloyatida 2-3 ball, 520 km.
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 526 km.

Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing