Andijonda mansabdorlar ishsiz ayollar uchun ajratiladigan subsidiyani “yeb yubordi”
3-sahifa
−
11 Oktabr 4046 1 daqiqa
Andijonda 25 nafar ayolning nomiga soxta hujjatlar rasmiylashtirib, subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilgan mansabdorlar aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jalaquduq tumanining Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan “S.T.X” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari F.X. bilan oldindan til biriktirib, pullar o‘zlashtirilgan.
Bunda 2023 yilda tuzilgan ijtimoiy shartnomaga asosan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 25 nafar ishsiz ayolning mazkur MCHJda kasanachi sifatida bandligi ta’minlangani va ularga 247,5 million so‘mlik tikuv asbob-uskunalari berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallar asosida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda .
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ma’lumotlarni soxtalashtirgan soliq idoralari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi