APLda peshqadam ochko yo‘qotgan tur qanday o‘tdi?

Sport

image

Kecha, 9 noyabr kuni Angliya Primer-ligasi 11-tur uchrashuvlari yakunlandi. Bu turda “Tottenxem”  va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasida markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda 2-2 hisobidagi durrang qayd etildi. “Arsenal” kutilmagan tarzda “Sanderlend” bilan bahsda ochko yo‘qotdi. Turning yana bir markaziy uchrashuvida Pep Gvardiola shogirdlari “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Turdagi barcha uchrashuvlar tafsilotlari bilan tanishing:

“Tottenxem” 2:2 “Manchester Yunayted”

O‘yin juda hayajonli kechdi. “Yunayted” birinchi bo‘lib hisobni ochdi, ammo “Tottenxem” so‘nggi daqiqalarda kuchli bosim o‘tkazib, ikki bor oldinga chiqishga harakat qildi. Oxir-oqibat 96-daqiqadagi gol evaziga “Yunayted”  bir ochkoga erishdi.

“Everton” 2:0 “Fulxem”

“Everton” bu o‘yinda to‘liq ustunlik qildi. Himoyada mustahkam turib, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. “Fulxem” esa hujumdagi imkoniyatlarni golga aylantira olmadi.

“Vest Xem Yunayted” 3:2 “Byornli”

O‘yin juda keskin kechdi. Hisobda ortda borayotgan “Byornli” ikki bor hisobni qisqartirishga erishdi, biroq “Vest Xem” bu uchrashuvda g‘alabani berib qo‘ymadi.

“Sanderlend” 2:2 “Arsenal”

Turning eng kutilmagan natijasi shu uchrashuvda qayd etildi. Peshqadam “Arsenal” kutilmaganda ochko yo‘qotdi. “Sanderlend” o‘z maydonida o‘yinning so‘nggacha kurashdi va oxir oqibat 90+ daqiqalardagi gol evaziga peshqadamdan ochko tortib oldi.

“Chelsi” 3:0 “Vulverxempton”

“Chelsi” butun uchrashuv davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildi. “Vulverxempton” himoyadagi xatolar va foydalanilmagan imkoniylar evaziga bu uchrashuvda yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

“Aston Villa” 4:0 “Bornmut”

“Aston Villa” bu turda o‘z muxlislariga haqiqiy shou taqdim etdi. Mezbonlar Hujumlar samarali harakat qildi va javobsiz 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi. “Bornmut” esa butun o‘yin davomida ojiz ko‘rindi.

“Brentford” 3:1 “Nyukasl Yunayted”

“Brentford” uy maydonida faol o‘yin ko‘rsatdi, raqib himoyasidagi bo‘shliqlardan unumli foydalandi. “Nyukasl” esa dastlab hisobni ochishiga qaramay, yakunda alamli mag‘lubiyatga uchradi.

“Kristal Pelas” 0:0 “Brayton”

Bu o‘yinda jamoalar juda ehtiyotkor harakat qildi. Har ikki jamoa ham gol urish imkoniyatlarini ega bo‘ldi, biroq ulardan samarali foydalana olmadi. Shu tariqa ushbu uchrashuv turdagi yagona golsiz o‘yin bo‘ldi.

“Nottingem Forest” 3:1 “Lids Yunayted”

Bu uchrashuvda “Forest” yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.  Tezkor  hujumlar va kuchli bosim natija berdi. “Lids” esa bitta gol kiritgan bo‘lsa-da, himoyada xatolar evaziga ochko yo‘qotdi.

“Manchester Siti” 3:0 “Liverpul”

Turning yana bir markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” “Liverpul” ga umuman imkoniyat qoldirmadi. “Siti” hujumlarda faol bo‘lib, uchta javobsiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov qaydnomaga ham kiritilmadi.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng “Arsenal” 26 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. “Manchester Citi” 22 ochko bilan 2, “Chelsi” 20 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi tur uchrashuvlari xalqaro tanaffusdan so‘ng joriy yilning 22 noyabr kuni boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya “Arsenal” Prim'er-liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing