Avtomobil kapotini akvariumga aylantirganlar jazolandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv to‘ldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta e’tiroz keltirib chiqardi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holatni Ekologiya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘rgangan. O‘rganish natijasida ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida fuqaro I.N. tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari – 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

“Aslida bunaqa ish qilib bo‘lmas ekan. Endi bildim, to‘g‘risi oldin bilmagandim. Baliqlar o‘zimizniki edi. Baribir ham o‘zimizniki bo‘lgani bilan odamlarga bunaqa nasrani ko‘rsatib targ‘ib qilmaslik kerak ekan. Odamlar bundan ko‘rib boshqacha kontent qilib, kimlargadir zarar yetkazishi mumkin”, deydi shu ishni qilgan shaxs.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolar harakatlanib ketayotgan avtoulovning yukxonasiga suv to‘ldirib, ichida ovqatlangan edi. Keyinroq ushbu harakatlarni sodir etgan barcha fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning har biriga 12 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

akvarium

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar