“Bashkent” turarjoy majmuasining shourumi ochildi

Biznes

O‘zbekistonning yirik qurilish kompaniyalaridan biri – Dune Group Development tomonidan barpo etilayotgan “Bashkent” turarjoy majmuasining shourumi tantanali ravishda ochildi.

Bashkent turarjoy majmuasi poytaxtning Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on 47 mavzesida joylashgan. Loyiha 20 gektar xududni o‘z ichiga olgan bo‘lib, umumiy 89 ta blokdan iborat. Har bir “dom” 16 qavatdan tashkil topgan. Bu yerda 1 xonali uylardan tortib 4 xonali uylargacha mavjud.

Eng muhim tomoni shuki, “Bashkent” loyihasidagi har bir xonadon o‘z egalariga ta’mirlangan holatda topshiriladi.

“Afzalik jihatlari haqida aytsam, xonadon to‘liq ta’mirlangan holatda taqdim etiladi. Uyning kirish eshiklari  –  temir eshik, ichki eshiklar MDFdan sifatli, pol – laminat, rom va oshxona mebeli. Barcha narsa tayyor holatda bo‘ladi. Yurtdoshlarimiz bizni xonadonlarni olgandan so‘ng faqatgina mebel va gilam olib kirib, yashashlari mumkin bo‘ladi” deydi loyihaning sotuv bo‘limi direktori Shuhrat Karimov.

Mazkur loyihaning ambassadori xonanda Botir Qodirov ham ochilish marosimida ishtirok etdi. Uning fikricha, bu loyihaning boshqalariga nisbatan o‘ziga xos jihati shuki, uyni xarid qilgandan so‘ng yana bir ta’mirlash ya’ni “remont” muammosidan qutilasiz.

“Uyni sotib olgandan so‘ng “remont” qilasiz. Keyin yashayman desangiz, boshqa qo‘shningiz remont qilayotgan bo‘ladi. Dag‘-dag‘-dag‘... Yana uch-to‘rt yil tinchingiz buziladi. Bashkent turarjoy majmuasida mana shunday kamchiliklar yo‘q.” deydi xonanda.

Ushbu loyiha asosida barpo etilgan turarjoy binosidan uy sotib olgan xaridorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu yer shahar ichidagi shaharchani eslatadi. Maktab, bolalar bog‘chasi, savdo markazlari hatto zamonaviy sport maydonchalari… Barchasi bir yerda jamlangan.

“Boshlang‘ich to‘lovni avgust oyida qilganmiz 20% bilan. Bizni uyimiz hali bitmagan, mart oyida topshirilishi kerak. Lekin hozir ochilish marosimiga kelgandik. Xonalarini ko‘rdik, chiroyli, kalidorlari katta-katta zamonaviy “dom” bo‘libdi bizga juda ham yoqdi”, deydi boshqa bir xaridor.

6 yildan buyon qurilish bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotgan Dune Group Development kompaniyasining “Bashkent” loyihasi mijozlariga o‘z xonadonlarini 2026 yildan boshlab 2028 yilning mart oyigacha to‘liq tayyor holatda topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, agar siz “Bashkent” loyihasidan joriy yilning 27 dekabrgacha xonadon xarid qilsangiz, Sharm al-Shayxga uchta yo‘llanma va bosh sovrin hisoblangan Bestune B70 avtomobilini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Telefon: +998 (78) 148 55 55

Manzil: Bashkent. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Jarqo‘rg‘on” MFY.

Sayt  YouTube   Telegram   Instagram
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Bashkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar