Bolalarga ignali qand tarqatgan erkak ushlandi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahri Lenin tumanida bolalarga qandning ichiga igna bo‘laklari qo‘yib, tarqatgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda tumani Ichki ishlar bo‘limi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 mart kuni taxminan soat 20:00 da militsiyaga Oq o‘rda turarjoy massivida bir erkak bolalarga ichida igna bo‘laklari topilgan qand tarqatgani haqida xabar tushgan.

Mazkur massivda yashovchi B.G. ismli ayolning 11 yoshli qizi va boshqa bolalar ham noma’lum shaxsdan shunday konfetlar olganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Tergov xizmati tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tegishli ekspertizalar tayinlangan. Militsiya xodimlari holat yuzasidan gumonlanuvchi N.D.ni qo‘lga olgan. Hozirda u vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Uning yashash joyida o‘tkazilgan tintuv davomida konfetlar va boshqa moddiy dalillar musodara qilingan. Tergov ishlari esa davom etmoqda. Lenin tumani sudi gumonlanuvchini ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada yosh qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan markaziy osiyolik 14 yilga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Qirg'iziston ignali qand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing