Brand Awards International 2026: kuchli brendlarni birlashtiruvchi xalqaro mukofot

Biznes

image

O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti. 16 may kuni shunday shior ostida IX Brand Awards International xalqaro mukofoti bo‘lib o‘tadi. 2026 yilda mukofotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSH, Turkiya va Germaniyadan 78 ta brend qatnashadi, bu mukofotning xalqaro maqomi va biznes tomondan qiziqish o‘sib borayotganini tasdiqlaydi.

Brand Awards International brendlarning o‘tgan yildagi real yutuqlari qayd etiladigan asosiy maydon bo‘lib qoladi. Bank sektori va riteyldan to ishlab chiqarish, texnologiyalar va xizmatlargacha – turli tarmoqlarga mansub kompaniyalar mukofot qatnashchilari sanaladi.

Taqdirlash marosimi 16 mayda o‘tkaziladi va biznes sohiblarini, CYeO va marketing direktorlarini – mintaqada brendlar kelajagini shakllantiruvchilarni birlashtiradi.

Amaliy dastur: brending va islomiy moliya

Mukofotlash doirasida yetakchi ekspertlar ishtirokida amaliy dastur o‘tkaziladi. Spikerlar sirasida tajribali ekspertlar Temur Sa’diy va Farhod Qo‘chqorov bor. Ular amaliy keyslarni va brend samaradorligi, marketing roli va biznesning strategik rivojlanishiga tahliliy yondashuvlarni taqdim etadi.
 
Tartibga soluvchilar, yetakchi banklar, fintex-kompaniyalar vakillari va xalqaro ekspertlar tarmoq rivojining asosiy trendlari, amaliyotlari va istiqbollarini muhokama qilish uchun bitta maydonda jamlanadi. Dasturda ekspertlarning chiqishlari, real keyslar, xalqaro tajriba va mamlakatda islomiy banking kelajagi to‘g‘risidagi panel muhokamalar o‘tkaziladi. Konferensiya haqida batafsil saytda bilish mumkin.
 
Brend qiymati – biznes kuchining ko‘rsatkichi sifatida
 
Brand Awards International’ning asosiy xususiyatlaridan biri – bu prorfessional metodologiya bo‘yicha brend qiymatini belgilash imkoniyatidir. Bugungi kunda brend – bu shunchaki nom yoki logotip emas, balki investitsion jozibadorlikka, mijozlar ishonchiga va biznesning barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘laqonli strategik aktivdir. Butun dunyoda yetakchi kompaniyalar o‘z brendlarini salohiyatning yetukligi va uzoq muddatli ekani ko‘rsatkichi sifatida ko‘rib, brendlari qiymatini baholamoqdalar va boshqarmoqdalar.

Mukofot quyidagilarni namoyon etadi:

  • brendning yil davomidagi yutuqlarini qayd etish
  • marketingning biznes-natijalarga hissasini baholash
  • brendni professional qiymat reytingiga kiritish

Brand Awards International’da qatnashish – bu e’tirofgina emas, balki brend kapitaliga investitsiya hamdir – u kompaniyaning bozordagi maqomini kuchaytiradi.

Brand Awards International – bu kuchli brendlar va biznesning o‘lchab bo‘ladigan qiymati hududidir.

Batafsil ma’lumot mukofot saytida.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

xalqaro mukofot Brand Awards International 2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing