Britaniyalik deputatlar qirg‘izistonlik 3 amaldorga sanksiya qo‘llamoqchi

Olam

image

Britaniyaning 20 dan ortiq deputat va lordlari mamlakat Tashqi ishlar vaziridan Qirg‘izistondagi ayrim amaldorlarga qarshi choralar ko‘rishni talab qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ularning fikricha, Melis Turg‘unboyev (Markaziy bank rahbari), Maqsad Asanaliyev (Bosh prokuror) va Marat Pirnazarov (Moliyaviy nazorat rahbari) Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni katta miqyosda chetlab o‘tishga yordam bermoqda.

Ular xususan Qirg‘izistonda A7A5 nomli kriptovalyuta faoliyat yuritishiga sharoit yaratgan. A7A5 bu – rublga bog‘langan (qiymati rublga tenglashtirilgan) steyblkoin bo‘lib, hozirgacha 100 milliard dollardan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirgan.

A7A5 kriptovalyutasi Rossiyaning sanksiya ostidagi “Promsvyazbank” banki bilan bog‘liq. Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSH ushbu A7A5 kriptovalyutasiga sanksiya qo‘ygan. Ammo Qirg‘izistonda ayrim kriptobirjalar (masalan, “Grinex” va “Meer” – hozir ular ham sanksiya ostida) orqali uni naqd pulga sotib olish mumkin.

Deputatlar bu mexanizm oxir-oqibat Ukrainadagi urushni moliyalashtirishga xizmat qilishini aytib, tizimni to‘xtatishga chaqirgan. Shuningdek, Rossiyaning noqonuniy urushiga yordam berayotganlar javobgarlikka tortilishi kerakligini qayd etgan.

Ularning fikricha, A7A5 ishlashda davom etayotganining asosiy sababi – Qirg‘izistondagi moliyaviy tashkilotlar va rasmiylarning hamkorligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 20-paketi doirasida O‘zbekistonning paxta sellyulozasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ikki kompaniyasiga nisbatan cheklovlar kiritgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketi doirasida Qozog‘istondagi bir kompaniyaga nisbatan cheklovlar joriy qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Qirg'iziston Britaniya Melis Turg'unboev Maqsad Asanaliev Marat Pirnazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing