“Bu kunlarni 34 yil kutdik”. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston terma jamoasi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
22 may 4611 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari katta futbol bayrami – AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutlagan.
“Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.
Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi.
To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim.
Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman”, degan davlat rahbari.
Live
Barchasi